Uchquduq tumanida 2019 yil 9 may kuni Xotira va qadrlash bayrami «Motamsaro ona haykali» ga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi

Uchquduq tumanida 2019 yil 9 may kuni Xotira va qadrlash bayrami «Motamsaro ona haykali» ga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi. Uchquduq tuman Bolalar o’smirlar sport maktabi direktori Umrbek Salimov boshchiligida barcha ishchi xodimlar tantanali o’tganlarni xotirlab hurmat bajo keltirishdi. Bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish maqsadida milliy sport o’yinlarimizdan tumandagi uyushmagan yoshlar o’quvchi-sportchilar arqon tortish, tosh ko’tarish sport turlaridan o’zaro bellashdilar musobaqa g’oliblarini Bolalar o’smirlar sport maktabi direktori Umrbek Salimov diplom va medallar bilan taqdirladi