Diyora Keldiyorova Osiyo/Okeaniya chempioni

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo/Okeaniya chempionatining ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasi bahslari yakunlandi.

Ushbu vazn toifasi finalida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga qarshi tatamiga chiqib raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Xususan, hamyurtimiz ushbu bahsga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rim kabi raqiblarini ham mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.

Kecha Diyora Keldiyorovaning erishgan muvaffaqiyati bilan hisoblaydigan bo‘lsak, dzyudochilarimiz mazkur chempionatda jamg‘argan medallari 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1ta bronzani tashkil etmoqda